Pixel App g‘oyasi oddiy: bola o‘ynasin, qolgan hamma narsa — kirish, to‘lov, tarix — telefoningizda bo‘lsin. Ilova bepul. Quyida uch qadamda boshlash va har kuni foydalanish tartibi.
1-qadam: yuklab oling va profilni to‘ldiring
Pixel App’ni App Store yoki Google Play’dan bepul o‘rnating va ro‘yxatdan o‘ting. Ilovada «Bonus yo‘li» bo‘limi bor: profilni to‘ldirsangiz (ism, familiya, jins) va birinchi bolani qo‘shsangiz, har bir vazifa uchun hamyoningizga bonus tushadi. Miqdorini ilovaning o‘zida ko‘rasiz.
2-qadam: bolani qo‘shing
«Mening bolalarim» bo‘limida bola profilini yarating — shaxsiy QR-kod darhol tayyor bo‘ladi. Bir nechta bolangiz bo‘lsa, hammasini qo‘shing: kirishda kerak bo‘lganini tanlaysiz.
3-qadam: balansni to‘ldiring
Hamyonni Click, Payme yoki bank kartasi orqali to‘ldiring. To‘ldirganingizda bonuslar ham beriladi; ularning miqdori ilovada ko‘rsatiladi.
Kirish va chiqish kodi qanday ishlaydi
- Ilovada QR bo‘limini oching va «Kirish» rejimini tanlang.
- «Kim kiradi?» oynasida bolani tanlang.
- «Qancha vaqt o‘ynaydi?» oynasida shartlarni ko‘rib, bugungi tashrif uchun tarifni tanlang.
- QR-kodni xodimga yoki turniketdagi skanerga ko‘rsating. Kod doimiy emas: ekranda u necha soniyadan keyin yangilanishi ko‘rsatiladi — bu xavfsizlik uchun.
- Chiqishda «Chiqish» rejimida kodni chiqish turniketidagi skanerga ko‘rsating.
Balans yetarli bo‘lmasa, ilova qancha yetishmayotganini ko‘rsatadi. Hisobni to‘ldirganingizdan keyin QR-kod avtomatik chiqadi.
Bola maydonda ekan, «Hozir o‘ynayotganlar» bo‘limida uni tanlang — chiqish kodi darhol ko‘rsatiladi.
Ilovadagi qolgan imkoniyatlar
- Tashriflar va to‘lovlar tarixi — kirim-chiqim va tashriflarni istalgan vaqtda ko‘rish.
- Yaqin filial — xaritada manzil, ish vaqti va masofani ko‘rish.
- O‘yinlar va multfilmlar — pazl, bo‘yash kitobi va boshqa o‘yinlarda tanga yig‘ish.
- Pixel Market — bolalar uchun mahsulotlar va kun takliflari.
Ko‘p beriladigan savollar
Ilova pullikmi?
Yo‘q. Pixel App’ni App Store va Google Play’dan bepul yuklab olasiz.
Kirishda nimani ko‘rsatishim kerak?
Ilovadagi bolangizning QR-kodini: uni xodimga yoki skanerga ko‘rsatsangiz bas.
Filiallar haqida ko‘proq — bu maqolada.